Direktor va talabalar uchrashuvi: ilm va ma’naviyat sari muhim qadam

Qo‘qon universitetida navbatdagi samimiy va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Universitet direktori G‘afurjon Zaxidov talabalar bilan ochiq davra suhbati o‘tkazdi.

✨ Suhbat asnosida yoshlarni o‘ylantiruvchi muhim mavzular yoritildi:
🔹 Milliy qadriyatlar – ajdodlar merosi, ma’naviyat va milliy o‘zlikni anglash;
🔹 Globalizatsiya va ommaviy madaniyat – zamonaviy dunyoning yosh avlodga ta’siri;
🔹 Ustoz-shogird an’analari – ezgu yo‘ldagi yo‘lboshchilar va ularning o‘rni;
🔹 Tashqi tahdidlarga nisbatan hushyorlik – ma’naviy mustahkamlik va ongli yondashuv;
🔹 Ta’limda motivatsiya – kelajak sari dadil qadam tashlash, o‘z orzulari sari intilish.

Uchrashuv talabalar uchun nafaqat bilim va tajriba makoniga, balki ilhom va rag‘bat manbaiga aylandi.

12 Mart 2025 400
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop