Qo‘qon Universiteti va Ispaniyaning Salamanca Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
🎓Qo‘qon Universiteti va Ispaniyaning nufuzli Salamanca Universiteti o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔜Ushbu memorandum ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilib, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi:
🔹 Talabalar almashinuvi (bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida)
🔹 O‘qituvchilar va professorlar almashinuvi
🔹 Ilmiy tadqiqotlar va loyihalarda hamkorlik
🔹 Qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish
Mazkur kelishuv har ikki universitet uchun ham xalqaro tajriba almashish, ta’lim sifati va ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
3 Mart 2025
⁞
371