OʻZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI VA QO‘QON UNIVERSITETI O‘RTASIDA O‘ZARO HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
🏫Dastlab delegatsiya a'zolari universitet o‘quv binolari, moddiy-texnik bazasi, fan dasturlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, akademik muhit bilan yaqindan tanishdilar.
✍️Kelishuvga asosan o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni birgalikda ishlab chiqish va amaliyotga keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga tajribali mutaxassislar, malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish; yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish masalalari kiritildi.
11 Aprel 2025
⁞
335