Qo‘qon universiteti va Ahmad Yassaviy universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Qo‘qon universiteti rektori Sherzod Mustafakulov va Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro turk-qozoq universiteti rektori Janar Temirbekova o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Turkiyzabon va qardosh mamlakatlarning yosh avlodi dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishni maqsad qilgan, 20 ta mamlakatdan 11000 nafardan ziyod talabaga ta'lim berib kelayotgan ushbu nufuzli universitet bilan har tomonlama istiqbolli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Kelgusida turkiy dunyo tarixi va madaniyatini yoyish, ilmiy konferensiyalar tashkil etish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, turizm yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.

yassaviy1.jfif   yassaviy2.jfif  yassaviy3.jfif

 

 

26 Dekabr 2021 801
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop