Qo‘qon universitetida yangi badiiy adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
📍Kuni kecha Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazida yangi kelgan badiiy adabiyotlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetimizning kitobsevar talabalari, professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
🔖 Taqdimot davomida ishtirokchilar o‘rtasida kitobning jamiyat va shaxsiy rivojlanishdagi o‘rni, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va kitobxonlik madaniyati haqida qizg‘in suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
📚 Shuningdek, universitetimizning bir qator professor-o‘qituvchilari yangi kelgan badiiy adabiyotlar haqida qisqacha tavsiflar va tavsiyalar berdilar. Tadbirda talaba-yoshlar ham o‘zlarining sevimli adabiyotlaridan ifodali parcha o‘qib, adabiyotga bo‘lgan muhabbatlarini namoyon etdilar.
📌 Bunday tadbirlar talabalar ma’naviyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va ilmiy-fikriy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.