Qo‘qon universitetida press-tur o‘tkazildi
Bugun universitetimizga "Xalqaro press-klub" va respublikamizning 10 ga yaqin telekanallari jurnalistlarining ijodiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Universitet rahbariyati press-tur ishtirokchilarini oliygoh kampusida yaratilgan shart-sharoitlar va yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirdi. Suhbat-intervyularda universitetdagi ilmiy yangiliklar, innovatsion loyihalar, o‘tkaziladigan nufuzli tadbirlar va istiqboldagi rejalar xususida so‘z bordi.
Jurnalistlar universitetning yoshlar bilan ishlash va sifatli ta'lim bo‘yicha tajribalari, erishgan yutuq va natijalari xususidagi barcha savollariga javoblar oldilar. Media-tur jarayonlari va suhbat tafsilotlari "Xalqaro press-klub" va boshqa telekanallarning navbatdagi ko‘rsatuv va lavhalarida efirga uzatiladi.