Farg‘ona viloyatining turizm salohiyati bo‘yicha startap tanlovi bo‘lib o‘tdi
Qo'qon universitetida Turizm qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida “Farg‘ona viloyati turizm salohiyatini oshirish” mavzusida startap loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
🔍 Tanlovning asosiy maqsadi — viloyat turizmini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy-innovatsion g‘oyalar, zamonaviy yondashuvlar va startap tashabbuslarini ilgari surishdan iborat bo‘ldi.
🧠Talabalar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda innovatsion va ijodiy loyihalar taqdim etildi:
– Turizm sohasida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar
– Turizmning ijtimoiy va ekologik jihatlari
– Marketing strategiyalari asosida turizmni rivojlantirish
– Turizm mahsulotlarini yaratishda kreativ yondashuv
🎯 Tanlov jarayoni fikr almashuv, taqdimotlar, savol-javoblar va ekspert baholari bilan boyitildi.