Turizm va iqtisodiyot fakulteti, Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🔴Mazkur yig‘ilishga Qo‘qon universiteti direktori Zaxidov G'afurjоn Erkinovich, Qo‘qon universiteti Akademik ishlar bo‘yicha prorektori Kambarov Jamoliddin Hikmatillayevich, Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor Dehkanov Sherzod Munavvarovich ishtirok etib kafedradagi professor-o‘qituvchilarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdilar.
💬Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. O‘quv yilidagi shaxsiy ish rejalarning bajarilishi hamda ikkinchi yarim yillikdagi vazifalar.
2. Ta’lim sifatini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda me’yoriy hujjatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha kafedra zimmasidagi vazifalar.
3. Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning faoliyatini rivojlantirish.
4. Ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion ishlarni jonlantirish bo‘yicha takliflar.
5. Mahalliy loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha takliflar va vazifalar.
🔗Bundan tashqari, yig‘ilish davomida kafedra tomonidan tashkil etilayotgan loyihalarni takomillashtirish hamda ularning sifat darajasini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.