Qoʻqon universitetida "Ahmad Al-Fargʻoniyning dunyo astronomiya ilmiga qoʻshgan hissasi" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi
Mazkur konferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi "Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish toʻgʻrisida"gi PQ-338-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Fargʻona viloyat hamkorligi hamkorligida tashkil etildi. Dastlab ilmiy-amaliy konferensiyaga tashrif buyurgan mehmonlarga Ahmad al Farg’oniy ijodiga bag’ishlangan spektakl namoyishi qoʻyib berildi va Turizm majmuasidagi muzey, auditoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Soʻngra mehmonlar anjuman zaliga taklif etildi, konferensiyani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Maxkamov Muxtorovich, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov Abdurahimovich, Qoʻqon universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Qobilova Zebo Bakirovna, Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros ommaviy kommunikatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Axmedov Xurshidjon Rustamovich, Qoʻqon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov A'zamovichlar ochib berishdi.
Anjumanda soʻz olganlar tomonidan Ahmad Al-Fargʻoniy asarlarining bugungi kundagi ahamiyati, uning ilmiy madaniy merosini jahon hamjamiyatida tutgan oʻrni, turizm sohasini rivojlantirishda buyuk allomalarga e'tibor qaratish zarurligi ta'kidlandi.
Shuningdek, anjuman ishida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik va ilmiy xodimlari, oliy ta’lim muassasalari tarixchi olimlari, Misr Arab Respublikasidan tashrif buyurgan xorijlik olimlar, soha mutasaddilari tomonidan “Al-Fargʻoniy ilmiy merosida geografik bilimlar”, “Farg‘oniy va nilometr – Nil diakritik elementlari sifatida”, “Farg‘oniy ilmiy merosining dunyo tamadduniga ta’siri”, “Ahmad Farg‘oniy ilmiy va madaniy merosining jahon tarixida tutgan oʻrni” kabi mavzularda taqdimotlar qilindi.
Yakunda anjumanda koʻtarilgan masalalar, muammolar boʻyicha fikr-mulohazalar oʻrganilib, ularni hal qilish boʻyicha taklif va mulohazalar bildirib oʻtildi.