Qo‘qon universitetiga DAAD vakili tashrif buyurdi.
DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati) lektori Janob Danny Klapperning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Janob Danny Klapper talabalarga Germaniyada bepul o‘qish, yozgi ta'tilda Germaniyada uch oy ishlash (Ferienjob) imkoniyati xususida qiziqarli ma'lumotlar taqdim etdi.
Talabalar DAAD orqali Germaniyada o‘qish uchun stipendiya yutish, nemis tilini o‘rganish va til bilish darajasi to‘g‘risidagi Sertifikatga ega bo‘lish hamda magistratura bosqichini Germaniyada bepul o‘qish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.
22 Oktabr 2021
⁞
910