Oliy ta’lim muassasalari rektor, prorektor va kafedra mudirlari ishtirokida mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi
Qo‘qon universitetida "Mamlakatimizda turizm sohasi uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari: muammo va yechimlar" mavzusidagi boʻlib oʻtgan ilmiy-amaliy seminarda seminarda O‘zbekistondagi turizm yo‘nalishi mavjud 30 dan ortiq oliy ta'lim muassalarining rektor, prorektor va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya O'zbekiston Respublikasida turizm yo'nalishi mavjud oliy ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchi 11,5 ming talabani yetuk kadr qilib tayyorlash, dual ta'lim shaklini keng joriy etish barobarida ularning nazariy va amaliy bilimlarini oshirish, respublikamizning barcha hududlarini mavjud turizm imkoniyatlarini o‘rganib chiqish va bu orqali xorijiy sayyohlar sonini oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Ilmiy-amaliy seminarda birinchi kunida so‘zga chiqqanlar 2024-2025 o‘quv yili dasturlarini o‘quv yili yakunigacha turizm ta'limi dasturlari jahon universitetlari reytingida top-100 talikka kiruvchi nufuzli ta'lim muassasalari standartlari asosida qayta ishlab chiqish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha dual ta'lim shaklini joriy etish, universitetlarning o‘zida amaliyot bazalarini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o‘tishdi.
Ikkinchi kunda esa ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilari Qo‘qon shahridagi “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasiga hamda "Jome majmuasi (amaliy san'at muzeyi) ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ilmiy-amaliy seminar qatnashchilari xonlik davriga qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi, shuningdek, betakror me'morchilik uslubi, qadimgi Qo'qon aholisining turmush tarzi, turli eksponatlar va boshqa osori-atiqalar bilan yaqindan tanishishdi. Ikki kun davom etgan seminarda turizm sohasida erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklarga e'tibor qaratildi, shuningdek, sohani rivojlantirish uchun takliflar o‘rtaga tashlanib muhokama qilindi.