Nyu-Bransvik universiteti professori bilan vebinar o‘tkazildi

"O‘qituvchining vazifasi o‘qitish emas, talabaning o‘rganishiga sharoit yaratib berish xolos"

Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari va Kanadaning Nyu-Bransvik universiteti professori, "El-yurt umidi" jamg‘armasi huzuridagi ekspertlar kengashi a'zosi Vohid O‘rinov o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Vohid O‘rinov o‘z taqdimoti orqali o‘qituvchining ta'lim berishga qaratilgan faoliyati xususida xorij tajribasiga keng to‘xtaldi.

- O‘qituvchiga sohaviy bilimlarning o‘zi yetarli emas. Sohaga bo‘lgan mehr, samimiylik va talabalar fikrini eshitish orqali ularning hurmatini qozonish muhim. Talabalarni to‘g‘ri yo‘naltirib, fanni o‘rganishlariga sharoit yaratish kerak. Onlayn forum tashkil etib, darsni darsga qadar muhokama qilish ham samarali usullardan" - dedi professor. 

Muloqotda sillabusda talabalar bajarishi kerak bo‘lgan topshiriqlar yuzasidan shakllantirilgan savol-javoblar asosida o‘zaro pedagogik tajriba almashildi. O‘qituvchilarni baholash tizimini yo‘lga qo‘yish, yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilarning ish tajribasidan yosh ustozlarning malakasini oshirishda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Qo‘qon universiteti rektori Sherzod Mustafakulov Nyu-Bransvik universiteti bilan hamkorlikda o‘qituvchilar malakasini oshirishda qo‘l keladigan xorijiy metodik kitoblarni tarjima qilish taklifini ilgari surdi. Bu borada tizimli ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

NYUYORK2.jfif    NYUYORK.jfif   NYUYORK4.jfif   NYUYORK5.jfif  NYUYORK3.jfif

 

11 Noyabr 2021 681
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop