Tayanch doktorantlar uchun muhim uchrashuv bo‘lib oʻtdi!
Qoʻqon universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, kafedra mudirlari hamda Ilmiy tadqiqotlar departamenti tayanch doktorantura talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida PhD tadqiqotchilariga dissertatsiya yozish tartibi, malakaviy imtihon topshirish jarayoni hamda kafedralarning ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni tushuntirildi. Shuningdek, doktorantlarga ilmiy ishlari bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Mazkur uchrashuv tayanch doktorantlar uchun ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish va tadqiqotlarni sifatli amalga oshirishga yo‘naltirilgan muhim qadam bo‘ldi.
14 Fevral 2025
⁞
870