SES Dasturi doirasida xalqaro seminar-trening boshlandi

Qo‘qon universitetining Turizm va iqtisodiyot fakultetiga SES (Senior Experten Service) dasturi orqali tashrif buyurgan Germaniya Federativ Respublikasining fuqarosi, turizm sohasi mutaxassisi va MICE turizm bo‘yicha ekspert doktor Abdelaziz Aabadi ishtirokida Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchilari uchun ilk seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 
 
Seminar quyidagi uch bosqichda tashkil etildi: Tanishuv bosqichi – ishtirokchilar o‘rtasida yaqindan tanishuv va ilmiy hamkorlik imkoniyatlari. Baholash bosqichi – O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyati xorijiy ekspert nuqtai nazaridan qanday baholanayotgani haqida fikrlar almashildi. Amaliy takliflar bosqichi – mamlakat turizm industriyasini rivojlantirish va xalqaro targ‘ibotga doir amaliy choralar muhokama qilindi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, doktor Abdelaziz Aabadi bir oy davomida Qo‘qon universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan o‘zining boy tajriba va bilimlarini bo‘lishish, turizm sohasi bo‘yicha treninglar va ma’ruzalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
photo_2025-03-19_20-29-51.jpg
 
photo_2025-03-19_20-29-53.jpg
 
18 Mart 2025 366
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop