Qo‘qon universitetida maktab bitiruvchilari o‘rtasida shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi

 Qo‘qon universitetida maktab bitiruvchilari o‘rtasida shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 Mazkur musobaqada Qo‘qon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Turnir intellektual salohiyatni oshirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish hamda yoshlar orasida shaxmatga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

⏳Tadbirni Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonov ochib berdi.
Hokim ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilab, ularni intellektual izlanishga doimiy intilish va bilim olishda faol bo‘lishga chaqirdi.

🚛Bellashuvlar davomida o‘quvchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etib, o‘zaro kuch sinashdilar. G‘olib va sovrindorlar Qo‘qon universiteti tomonidan qimmatbaho sovg’alar va direktor sertifikati bilan taqdirlandi.

✅Tadbir yakunida tashkilotchilar bu kabi intellektual musobaqalar yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

 

photo_2025-05-23_19-08-46.jpg

photo_2025-05-23_19-08-47.jpg

photo_2025-05-23_19-08-49.jpg

photo_2025-05-23_19-08-50.jpg

 

photo_2025-05-23_19-08-51.jpg

photo_2025-05-23_19-08-52.jpg

photo_2025-05-23_19-08-53.jpg

photo_2025-05-23_19-08-56.jpg

 

 

23 May 2025 511
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop