“Toza qoʻllar va to‘g‘ri ovqatlanish — sogʻlom tana va sogʻlom ruhiyat kafolati” mavzusidagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi
“Toza qoʻllar va to‘g‘ri ovqatlanish — sogʻlom tana va sogʻlom ruhiyat kafolati” mavzusidagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi
📍 Qo‘qon universitetida 2025-yil 22-may kuni sog‘lom hayot tarzi, shaxsiy gigiyena madaniyati va to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda gigiyenik madaniyatni oshirish, sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish va umumiy salomatlik haqida bilimlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
📢 Tadbirda quyidagi mutaxassislar ishtirok etib, talabalarga amaliy maslahatlar va foydali tavsiyalar berdilar:
Madaliyeva Zulfiya – Shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi vrachi
Igamberdiyeva Feruzaxon – “Gedeon Rixter” kompaniyasining “Ayollar salomatligi bo‘limi” konsultanti
Karimova Sevara – 3-sonli poliklinika akusher-ginekologi
Ashurova Gulruxon – Qo‘qon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
✍️ Mutaxassislar chiqishida sog‘lom ovqatlanish me’yorlari, tozalikka rioya qilishning kasalliklarning oldini olishdagi o‘rni, psixologik salomatlik va gigiyenaning o‘zaro bog‘liqligi haqida ma’lumotlar berildi.
🔍 Tadbir davomida interaktiv savol-javoblar, viktorinalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar faol qatnashib, ko‘plab foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.
⌛ Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.