Bitiruvchi-yoshlar bandligi va oliy ta'lim olishi - e'tiborda
Qo‘qon shahridagi kasb-hunar maktabida "Kasblar festivali" bo‘lib o‘tdi. Unda ta'lim muassasalari, xususan Qo‘qon universiteti prorektor va dekani, ishlab chiqarish korxonalari va bank-moliya muassasalari vakillari ishtirok etdilar.
Kasblar ko‘rigida KHMda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha professional ta'lim olayotgan bitiruvchi-yoshlar kasb mahoratlarini namoyish etishdi.
Festivalda kelgusida yoshlarning mehnat bilan bandliklarini ta'minlash, oliy ta'lim muassasalari, xysusan Qo‘qon universitetida oliy ta'lim bilan qamrab olishga e'tibor qaratildi. Universitetimizda mavjud yo‘nalishlar, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berildi.
24 Fevral 2023
⁞
1865