Qo‘qon universitetida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Hokim va yoshlar” nomli ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Dang'ara tumani hokimi, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda universitet bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarning kelgusida munosib ish bilan ta’minlanishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, tashabbus va g‘oyalarining rag‘batlantirilishi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ularning kasb-hunar va mutaxassisligi bo‘yicha yo‘naltirilishi, bandligi uchun mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda bitiruvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Har bir murojaat tegishli mutasaddilar ishtirokida tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.