Qo’qon universitetida “Yashil makon” loyihasi
Qo‘qon universitetida “Yashil makon” loyihasi doirasida “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi…!” shiori ostida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Ekologik muhitni yaxshilash va yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda universitetning professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari, talabalar hamda jamoat faollari faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida universitet hududining turli qismlariga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Ushbu tadbir nafaqat universitet hududini ko‘kalamzorlashtirish, balki talabalarda ekologik madaniyat va tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
15 Mart 2025
⁞
343