Qo‘qon universiteti binosida tashkil etilgan saylov uchastkalarida xalqaro va mahalliy kuzatuvchilarga saylov jarayonlarini kuzatish uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda
Bugun, 23-oktyabr kuni saylov uchastkasiga Xalqaro kuzatuvchi - Etvyosh Loran nomidagi universitet kafedra mudiri (PhD) Benedek Peri tashrif buyurdi.
Xalqaro kuzatuvchi saylov jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga nechog‘lik amal qilinayotganligini o‘rgandi, saylovchilar soni, ishtirok etadigan OAVlar nomlari bilan qiziqdi. Saylovni muvaffaqiyatli o‘tkazishda omad tiladi.
Tashrif davomida Qo‘qon universitetining binolarida o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar mehmonning e'tiborini tortmay qolmadi. Universitet bilan yaqindan tanishib, "Yoshligimga qaytishni imkoni bo‘lganida o‘qish uchun Qo‘qon universitetini tanlagan bo‘lar edim", dedi Benedek Peri.
22 Dekabr 2021
⁞
624