XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA YANGI QADAM
Qo‘qon universiteti va A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasidagi hamkorlik va akademik almashinuv dasturlari asosida Sankt-Peterburgdan o‘qituvchilar va talabalar Qo‘qon universitetiga tashrif buyurishdi.
01.04.2025 – 05.04.2025 kunlari davom etadigan tashrif doirasida mehmonlar:
✅O‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi
✅ O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosini o‘rganadi
✅ Farg‘ona vodiysi, xususan, Qo‘qon shahri tarixi va merosi bo‘yicha amaliyot o‘tkazadi
🎙 Professor-o‘qituvchilar uchun rejalashtirilgan tadbirlar:
📌 Seminarlar
📌 Mahorat darslari
📌 Ochiq darslar
Bunday xalqaro almashinuvlar ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy-tadqiqot va o‘quv jarayonlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ilm va tajriba almashinuvi yo‘lidagi hamkorlik barchamiz uchun samarali bo‘lishiga ishonamiz!