Xalqaro hamkorlik: Qo‘qon universiteti – PIHMS (Yangi Zelandiya)
Qo‘qon universitetida PIHMS delegatsiyasi (Dr. Petrichev va Dr. Din) mehmon bo‘ldi. Uchrashuvda mehmondo‘stlik sohasida akademik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🌀Asosiy yo‘nalishlar:
• 2+2 formatdagi Dual Diploma
• Double Degree dasturi
• Talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi
• Stajirovkalar va malaka oshirish
☄️ Ushbu hamkorlik Qo‘qon universiteti va PIHMSning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirish, bitiruvchilarning ishga joylashuv imkoniyatlarini kengaytirish hamda mehmondo‘stlik sohasidagi ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
14 Aprel 2025
⁞
302