Qo‘qon universitetida “Job Fair – 2025” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

 Qo‘qon universitetida “Job Fair – 2025” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

📍 20-may kuni Qo‘qon universitetida bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozoriga integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Job Fair – 2025” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🤝 Mazkur yarmarkada 100 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etib, o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etdilar. Bitiruvchi talabalar tashkilot vakillari bilan bevosita suhbatlashish, o‘z rezyume va portfoliolarini taqdim etish, ishga joylashish uchun dastlabki kelishuvlarga erishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

🔍Yarmarka davomida talabalar uchun professional maslahatlar, karyera yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar, hamda ish beruvchilar tomonidan tezkor suhbatlar o‘tkazildi.

🧑‍🎓 Ushbu tashabbus bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishdagi ilk qadamlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga xizmat qildi.

📢Qo‘qon universiteti jamoasi bandlikni ta’minlashga doir bu kabi amaliy tadbirlarni kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etishni rejalashtirgan.

photo_2025-05-21_10-25-48.jpg

photo_2025-05-21_10-25-51.jpg

photo_2025-05-21_10-25-52.jpg

photo_2025-05-21_10-25-54.jpg

photo_2025-05-21_10-25-55.jpg

photo_2025-05-21_10-25-56.jpg

photo_2025-05-21_10-25-57.jpg

photo_2025-05-21_10-25-59.jpg

photo_2025-05-21_10-26-00.jpg

 

 

20 May 2025 563
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop