Qoʻqon universiteti professor-oʻqituvchilari A.I.Gersen nomidagi pedagogika universitetida

Ayni paytda Qoʻqon universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilari Rossiyaning A.I.Gersen nomidagi pedagogika universitetida malaka oshirishmoqda.

Malaka oshirish doirasida Qoʻqon universiteti professor-oʻqituvchisi Nargiza Rustamovna ushbu universitetning Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Sheremet Sergey Aleksandrovich bilan uchrashdi.

Uchrashuvda oʻzaro ilmiy tadqiqot olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish, seminar-treninglar oʻtkazish, talabalar uchun qishki va yozgi maktablarni tashkil etish kabi masalalar boʻyicha suhbat boʻlib oʻtdi.

Ma'lumot uchun, professor oʻqituvchilarning malaka oshirishi 27-yanvardan 22-fevralgacha davom etadi.

2 Fevral 2025 1399
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop