Qo‘qon Universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari "Ibrohim Haqqul o‘qishlari" anjumanida ishtirok etdilar

 

2025-yil 26-mart kuni Qo‘qon Universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Haqqul tavalludining 76 yilligiga bag‘ishlangan "Ibrohim Haqqul o‘qishlari" an’anaviy ilmiy anjumanida faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mumtoz va zamonaviy adabiyot masalalari, adabiyotshunoslik sohasidagi yutuqlar va muammolar, shuningdek, Ibrohim Haqqulning ilmiy-ijodiy merosi haqida atroflicha fikr almashildi.

Anjumanda Qo‘qon universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zeboxon Qobilova "Navoiyshunoslikka baxshida umr" mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi. Shuningdek, taniqli adabiyotshunos olimlar – Shomirza Turdimov, Jabbor Eshonqul, Ulug‘bek Hamdam, Maqsud Asadov, Dilshod G‘oyipov, Nodir Ramazonov, Zulayho Rahmonova, Zilola Amonova va Nasiba Bozorova o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

Anjuman ilmiy muloqotga boy tarzda o‘tib, talabalar va tadqiqotchilar uchun muhim savol-javob sessiyalari tashkil etildi. Ishtirokchilar bunday anjumanlar adabiyotshunoslik sohasida ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, ijodiy hamkorlikni mustahkamlash va buyuk mutafakkirlar merosini yanada chuqur o‘rganish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.

 

 

 

26 Mart 2025 540
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop