Qo‘qon universiteti talabalari 5-maktab internatida bo‘lishdi

 Qo‘qon universiteti talabalari 5-maktab internatida bo‘lishdi

🌀 Farg‘ona viloyatining ijtimoiy himoya tizimidagi muhim maskanlardan biri — Qo‘qon shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 5-maktab internatiga Qo‘qon universitetining EKS yo‘nalishi 9, 10, 11, 12 va 24-guruh talabalari tashrif buyurdi.

☄️Ushbu tashrifning asosiy maqsadi — talabalarning ijtimoiy mas'uliyatini oshirish, mehr-muruvvat va g‘amxo‘rlik kabi insoniy fazilatlarni kuchaytirish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi bolalariga ma'naviy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi.

🔗Tadbir davomida talabalar maktab internatdagi bolalar bilan yaqin suhbatlar o‘tkazdi, ular uchun turli o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari va ma'naviy-ma'rifiy chiqishlar namoyish etdi. Bu uchrashuv bolajonlar uchun quvonchli va esda qolarli onlarga boy bo‘ldi.

✅Qo‘qon universiteti talabalari bunday tashriflar doimiy ravishda davom ettirilishini, jamiyatning zaif qatlamlariga nisbatan e’tibor va mehr-muruvvat ko‘rsatishda faol bo‘lishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishganini ta’kidlashdi.

 

photo_2025-05-19_09-31-14.jpg

photo_2025-05-19_09-31-15.jpg

photo_2025-05-19_09-31-16.jpg

photo_2025-05-19_09-31-18.jpg

photo_2025-05-19_09-31-20.jpg

15 May 2025 268
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop