Direktor va guruh sardorlari uchrashuvi

photo_2025-03-13_19-44-40.jpg

Qo‘qon universiteti Turizm va iqtisodiyot fakulteti guruh yetakchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalarning tashabbuskorlik darajasini oshirish, ularning ma’naviy va intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, jamoadagi yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

photo_2025-03-13_19-44-38.jpg
Samimiy suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, dolzarb muammolar bo‘yicha fikr almashishdi. Direktor G‘afurjon Zaxidov talabalarni fidoyilik, bilim va izlanishga undab, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

 Mazkur uchrashuv sardorlar uchun nafaqat foydali bilim va tajriba maydoni, balki motivatsiya va ilhom manbai bo‘ldi! 

photo_2025-03-13_19-44-41.jpg

13 Mart 2025 371
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop