Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon universitetining Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlarni jonlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📌 Yig‘ilish davomida ta’lim jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, yangi pedagogik metodlarni tatbiq etish va ilmiy loyihalarning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mazkur uchrashuv kafedra a’zolarining kelgusi ilmiy faoliyatiga ijobiy turtki berishi va ta’lim sifati oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
25 Mart 2025
⁞
430