Qo‘qon universiteti tadqiqotchilarining ish rejasi bajarilishi monitoring qilinmoqda

Qo‘qon universiteti tadqiqotchilarining ish rejasi bajarilishi monitoring qilinmoqda

🌀Qo‘qon universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklida mustaqil izlanuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilarning ish jarayonini tahlil qilish maqsadida navbatdagi monitoring tadbiri o‘tkazildi.

🔗 Komissiya a’zolari tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari bo‘yicha olib borayotgan ilmiy izlanishlari, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda chop etilgan maqolalari, ilmiy konferensiyalardagi ishtiroklari va shaxsiy ish rejalarining bajarilishi bilan tanishdilar.

✍️ Monitoring davomida ilmiy ishlarning mazmuni, dolzarbligi va bosqichma-bosqich amalga oshirilish holati o‘rganildi. Tadqiqotchilarga ilmiy faoliyatni yanada chuqur tadqiq etish, maqolalar sifatini oshirish hamda ish rejasiga mos holda harakat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

📌Mazkur uchrashuv mustaqil izlanuvchilarning ilmiy izlanishlarini samarali yo‘lga qo‘yish, ilmiy faoliyatni sifatli tashkil etish va kelgusida muvaffaqiyatli himoya jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.

26 Aprel 2025 206
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop