Qo'qon universiteti talabalari uchun navbatdagi master klass

 

📍 24-aprel kuni Qo‘qon universiteti C bino konferensiya zalida turizm sohasi bo‘yicha navbatdagi master-klass bo‘lib o‘tdi.

💡Tadbirda Yelena Vyacheslavovna Golisheva — PhD, dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori, turizm, marketing va menejment sohasining yetuk eksperti sifatida ishtirok etdi.

📌 Spiker tomonidan “O‘zbekistonda turizmning rivojlanishida marketing va menejmentning ahamiyati” mavzusida mazmunli va amaliy tajribaga boy ma’ruza taqdim etildi.

🧠 Tadbir davomida ishtirokchilar turizm sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, marketing strategiyalari va menejment tamoyillari haqida foydali bilimlarga ega bo‘lishdi, shuningdek o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

🔗 Master-klass talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun professional bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim tajriba makoniga aylandi.

photo_2025-04-25_12-20-52.jpg

photo_2025-04-25_12-20-53 (2).jpg

photo_2025-04-25_12-20-53.jpg

photo_2025-04-25_12-20-54.jpg

photo_2025-04-25_12-20-55.jpg

25 Aprel 2025 324
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop