Qoʻqon universiteti professor-oʻqituvchilari uchun navbatdagi seminar-trening boʻlib oʻtdi

5353048046197404531 (1).jpg

Qo‘qon Universiteti professor-o‘qituvchilari A.I. Gertsen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universitetida o‘tgan "Социальные медиа и новые образовательные практики и Экспертиза в педагогической деятельности" mavzusidagi malaka oshirish dasturida ishtirok etishgan edi .
5353048046197404533 (1).jpg
Ushbu xizmat safari davomida orttirilgan bilim va tajribalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ijtimoiy media vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanish va ekspertiza mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Mazkur seminar-trening ta’lim sifati va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, universitet professor-o‘qituvchilari uchun yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

5 Mart 2025 597
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop