"Ochiq eshiklar kuni" davom etmoqda

photo_2023-03-13_14-16-20.jpg

Qo‘qon universitetida shahrimizdagi 1-prezident maktabi o‘quvchilari uchun kampus-tur tashkil etildi. 

photo_2023-03-13_14-16-22.jpg

Qo‘qon shahar prezident maktabini bitirish arafasida turgan ilk bitiruvchi-yoshlarga universitetda ta'lim olishning afzalliklari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar, qabul tartiblari va o‘qitish tizimi haqida ma'lumotlar berildi.

Yoshlar universitet o‘quv xonalariga taklif etilib, oliy ta'lim muhiti bilan yaqindan tanishtirildilar. Samimiy suhbat olib borilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

photo_2023-03-13_14-16-19.jpg

13 Mart 2023 1282
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop