Sportsevar talabalarimiz g‘alaba sari intilmoqda

photo_2023-03-15_14-40-09.jpg

Qo‘qon universitetida "Sport haftaligi" doirasi talabalar qiziqqan sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

photo_2023-03-15_14-40-01.jpg

Qizg‘in kechgan futbol musobaqasida 3-o‘ringa "Manchester city", 2-o‘ringa "Turizm-3" jamoasi sazovor bo‘ldi. Faxrli 1-o‘rinni "Menejment-2" jamoasi qo‘lga kiritdi. 

Badminton sport turi bo‘yicha musobaqalarda talaba-yigitlar orasida 1-o‘ringa Jasur Sobirjonov erishdi. 2 va 3-o‘rinlarga Avaz Yusupov hamda Islomxo‘ja Umarxo‘jayevlar munosib ko‘rildilar. 

photo_2023-03-15_14-40-14.jpg

Voleybol bo‘yicha musobaqalar ham qizg‘in kechib, 1-o‘ringa Turizm va mehmonxonani boshqarish yo‘nalishi (1/20) talabalar jamoasi sazovor bo‘ldi. 2 va 3-o‘rinlar Kompyuter injiniringi 1/22 va 1/21 guruhlar jamoalariga nasib etdi. 

photo_2023-03-15_14-40-29.jpg

Talaba-qizlar badminton bo‘yicha musobaqalarda faol qatnashdilar. Shodiyabegim va Nozmehr Mirzaboyevalar hamda Bibizulayho Abdurahmonovalar 1, 2 va 3-o‘rinlarni egalladilar. 

Barcha g‘oliblarimizni tabriklaymiz.

15 Mart 2023 1011
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop