Qo‘qon universitetida “She’riyat kechasi” bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon universitetida “She’riyat kechasi” bo‘lib o‘tdi
🗓 2025-yil 29-may kuni Qo‘qon universiteti hamda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga asosan unutilmas “She’riyat kechasi” tashkil etildi.
🌀Tadbir mehmoni – mashhur ijodkor, shoir Botir Ergashev bo‘ldi. Kechada shoirning boy ijodi, uning she'rlaridagi badiiy mahorat va ruhiy teranlik yuzasidan qiziqarli suhbatlar olib borildi.
✅ Talabalar va mehmonlar Botir Ergashev bilan bevosita muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga shaxsan javob olishdi.
🎉 Tadbir davomida she’rlar tinglandi, adabiy muhit va ilhom baxsh etuvchi suhbatlar barchada katta taassurot qoldirdi.
⭐️ “She’riyat kechasi” ishtirokchilarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi va ruhiy-ma’naviy boylik manbai bo‘ldi.