Qo‘qon Universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon Universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni, “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son Farmoni, “O‘zbek tilini davlat tili sifatida rivojlantirish va uning ijtimoiy hayotdagi mavqeyini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5112-sonli Qarori hamda “O‘zbekistonning madaniy merosini saqlash va uni jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-6270-sonli Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon Universitetida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

🌐 “Shaxs ma’naviyatining shakllanishida til va adabiyotning roli” mavzusiga bag‘ishlangan mazkur nufuzli anjumanda 200 dan ortiq yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

📍 Tadbir doirasida Universitetning C binosidagi Majlislar zalida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi. Unda til, adabiyot, ma’naviyat va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi hamda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida muhim fikr va takliflar ilgari surildi.

🔗 Konferensiya ishtirokchilarga ilmiy tajriba almashish, zamonaviy ilmiy g‘oyalarni muhokama qilish va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini taqdim etdi.

photo_2025-06-02_11-11-54.jpg

photo_2025-06-02_11-11-56.jpg

photo_2025-06-02_11-11-57.jpg

photo_2025-06-02_11-11-59.jpg

photo_2025-06-02_11-12-00.jpg

photo_2025-06-02_11-12-01.jpg

photo_2025-06-02_11-12-02.jpg

photo_2025-06-02_11-12-04.jpg

photo_2025-06-02_11-12-05.jpg

 

 

30 May 2025 72
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop