Qo‘qon universitetida xalqaro grant dasturlari bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon universitetida xalqaro grant dasturlari bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

🌀 Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Loyihaviy boshqaruv assotsiatsiyasi direktori, Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) eksperti va O‘zbekistondagi Horizon dasturi koordinatori bilan hamkorlikda xalqaro grant dasturlari bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

🤔Tadbir davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro grant loyihalarda ishtirok etish va muvaffaqiyatli loyiha tayyorlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar va tajribalar almashildi. Trening ishtirokchilari xalqaro grant dasturlarining imkoniyatlari, ariza topshirish tartibi va loyiha boshqaruvi bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘lishdi.

⛈Mazkur seminar universitetda xalqaro loyihaviy faoliyatni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish va talaba hamda o‘qituvchilarni grant loyihalarda faol ishtirok etishga rag‘batlantirishga xizmat qildi. in russian and english

30 May 2025 70
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop