Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Qahramoni Manzuraxon Madaliyevaning “Pokiza tuyg‘ular” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Qo‘qon Universitetida O‘zbekiston Qahramoni, taniqli adiba Manzuraxon Madaliyevaning “Pokiza tuyg‘ular” nomli kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida kitobning mazmun-mohiyati, undagi insoniylik, samimiyat va poklik mavzulari keng muhokama qilindi. Adiba Manzuraxon Madaliyeva o‘z ijodiy yo‘li, kitobni yozish jarayoni va undagi asosiy g‘oyalar haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etib, kitob yuzasidan o‘z taassurotlari va mulohazalarini bildirdilar. Ushbu tadbir talabalarning adabiy-estetik didini shakllantirish va ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.
“Pokiza tuyg‘ular” – insoniylik, samimiyat va poklikni ulug‘lovchi asar bo‘lib, o‘quvchilarga hayotiy saboqlar va ruhiy tarbiya bag‘ishlaydi.