Qo’qon universitetida Orhun dasturi doirasida professorlar almashinuvi davom etmoqda
Qo‘qon universiteti Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasida Sarsen Amanjolov nomidagi Sharqiy Qozog‘iston universiteti professori, iqtisod fanlari nomzodi Ordabayeva Mainur ma’ruza o‘tkazdi.
Doktor Ordabayeva Mainur Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga "Xalqaro savdo nazariyalarining makroiqtisodiyot fanining rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati" mavzusida ma’ruza qilib, o‘z tajribasi va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu almashinuv akademik hamkorlikni mustahkamlash va talabalarning bilim doirasini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2 Aprel 2025
⁞
475