Namangan Davlat Universitetida "Rektorlar forumi" bo‘lib o‘tdi.

Namangan Davlat Universitetida "Rektorlar forumi" bo‘lib o‘tdi.

🏫 Forum ishida Qo‘qon universiteti akademik ishlar bo‘yicha prorektori Jamoliddin Qambarov ishtirok etdi. Tadbir doirasida Qo‘qon universiteti, Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamda Rossiya ta’lim akademiyasi o‘rtasida bir qator istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🔺Ushbu kelishuvlarga ko‘ra, tomonlar quyidagi loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar:

🔘Talabalar uchun bir semestrlik akademik almashinuv dasturini joriy etish;

🔘“2+2” formatidagi ikki diplomli ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish;

🔘Professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish;

🔘Ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy nashrlar sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish;

🔘Xalqaro loyihalar va grantlar doirasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish.

🙂 Mazkur tashabbuslar Qo‘qon universitetining xalqaro miqyosdagi o‘rnini mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy salohiyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

photo_2025-05-23_19-04-23 (2).jpg

photo_2025-05-23_19-04-23.jpg

photo_2025-05-23_19-04-24.jpg

photo_2025-05-23_19-04-25.jpg

photo_2025-05-23_19-04-27.jpg

22 May 2025 478
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop