Mazkur yig‘ilishga Qo‘qon universiteti Akademik ishlar bo‘yicha prorektori Kambarov Jamoliddin Hikmatillayevich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Qobilova Zebo Bakirovna, shuningdek, Turizm va iqtisodiyot fakulteti dekani iqtisodiyot kafedrasining navbatdagi yigishtirok etib, kafedra professor-o‘qituvchilariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdilar.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. O‘quv yilining birinchi yarmi bo‘yicha shaxsiy ish rejalarning bajarilishi hamda ikkinchi yarim yillikdagi vazifalar.
2. O‘quv yilining 2-semestri boshlanishi bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularning bajarilishi.
3. Ta’lim sifatini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda me’yoriy hujjatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha kafedra zimmasidagi vazifalar.
4. Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning faoliyatini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion ishlarni jonlantirish bo‘yicha takliflar.
Bundan tashqari, yig‘ilish davomida kafedra tomonidan tashkil etilayotgan loyihalarni takomillashtirish, ularning sifat darajasini oshirish hamda 2025-yil aprel oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarni yuqori saviyada tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


