🏫 Qoʻqon universiteti vakillarining Ispaniyadagi tashrifi davom etmoqda!

Avvalroq, Qo'qon universitei vakillari Ispaniya Qirolligida o'zaro almashinuv dasturi haftaligida ishtirok etishayotgani haqida xabar bergan edik.

photo_2025-03-03_16-33-39.jpg

Ayni paytda Qoʻqon universiteti professor-oʻqituvchilari CPIFP Los Enlacesda "Ta'lim tizimida asosiy metodlarning samaraliligini kamayishi va ularning o'rniga yangi metodlarni qo'llash" mavzusida amaliy-seminar treningda ishtirok etishdi. Dastlab, nazariy jihatdan ta'lim tizimidagi yangi o'qitish metodlari bilan tanishildi.

Shuningdek Italiya universitetlaridan kelgan vakillar jamoasi bilan birgalikda Al Jafaria qasriga tashrif buyurildi. Italiya oliy ta'lim muassasasi vakillari bilan Qo'qon universiteti bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

3 Mart 2025 356
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop