"Najot - maktabda, najot - ta'limda, najot - bilimda"

photo_2023-04-06_10-19-42.jpg

Davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratishda ustozlar, ilm ahli va ziyolilarga katta ishonch bildirilmoqda. Har bir oila, har bir bola hayoti maktablar bilan bog‘langanligi nazarda tutilib, birinchi navbatda maktablarni isloh qilish eng muhim vazifaga aylandi. 

photo_2023-04-06_10-19-44 (2).jpg

Qo‘qon universiteti tomonidan shu maqsadlarda barcha umumta'lim maktablarini qamragan holda ta'lim marafoni o‘tkazish chora-tadbirlari belgilanib, ustozlarimiz o‘quvchi-yoshlar orasiga kirib bormoqdalar.

photo_2023-04-06_10-19-44.jpg

Shahardagi 1, 19 va 41-umumta'lim maktablarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda trenerlarimiz yoshlarga bugungi raqamlashtirish jarayonlari, yangi avlod kadrlariga qo‘yilayotgan talablar haqida keng ma'lumot berdilar.

photo_2023-04-06_10-19-47.jpg

O‘quvchilarni oliy ta'limda tahsil olish orqali yetuk mutaxassisga aylanish, jamiyatda munosib o‘rin va ishga ega bo‘lish, kasbiy muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatlari bilan tanishtirdilar.

photo_2023-04-06_10-19-47 (2).jpg

Psixologik treninglar orqali o‘quvchilikdan talabalik sari dadil qadam qo‘yish, kasb tanlash va o‘qishga kirishdagi to‘siqlarni yengib o‘tishda zarur motivatsiya berildi.

da3035ce19f92f3579927.jpg

5 Aprel 2023 1326
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop