Maktab bilan aloqa
Bugun Buvayda tumani aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda Hazrat Alisher Navoiy tavalludinining 584 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Qo‘qon universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, adabiyotshunos Zeboxon Qobilova Bakirovna, pedagogika-psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Musharrafxon Imomaliyevalar “Alisher Navoiy asarlarining yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida ma’ruzalar qildilar.
Shuningdek, ma’ruzalar tadbir ishtirokchilarida Navoiy asarlarining mohiyatini yanada chuqurroq anglash va uning ijodiy merosiga bo‘lgan hurmatni oshirishga xizmat qildi.
3 Fevral 2025
⁞
846