Qo‘qon universitetida magistrantlar uchun ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon universitetida Xorijiy tillar yo‘nalishi 1-kurs magistrantlari ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi. Unda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor hamda fakultet rahbariyati qatnashdi.
Seminar davomida magistrlik dissertatsiyasini yozish qoidalari, ilmiy maqola va konferensiyalar uchun materiallar tayyorlash tartibi, tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir magistrantlarning ilmiy salohiyatini oshirish va ularni mustaqil izlanishlarga rag‘batlantirishga xizmat qildi. Yakunda savol-javob ham tashkil etildi.
18 Mart 2025
⁞
389