Ispaniyalik professorlar Qo‘qon universitetida — Erasmus+ ICM dasturi doirasidagi navbatdagi xalqaro tashrif

 

🌐Xalqaro hamkorlik va ta’lim sifatini oshirish yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlar doirasida Qo‘qon universitetiga Ispaniya Qirolligining CPIFP Los Enlaces ta’lim muassasasidan tajribali professor-o‘qituvchilar tashrif buyurishdi. Ular Erasmus+ ICM (International Credit Mobility) dasturi doirasida amalga oshirilgan grant asosida universitetga jalb etilgan.

🔗Tashrifning dastlabki kunida mehmonlarga Qo‘qon universiteti kampusi, o‘quv binolari, muzeyi hamda ilmiy markazlari bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Ular universitet infratuzilmasi, dars jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, tashrif doirasida “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi va Qo‘qon universitetining undagi o‘rni” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda mehmonlarga mamlakatimizdagi ta’lim islohotlari, universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rni va istiqbolli loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, CPIFP Los Enlaces vakillari Qo‘qon universitetida 7–11 aprel kunlari davomida bo‘lishi, hamda bir qator seminar-treninglar, davra suhbatlari va hamkorlik muzokaralarida ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Bu tashrif Qo‘qon universitetining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini yuksaltirish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.

photo_2025-04-09_15-46-11.jpg

photo_2025-04-09_15-46-12.jpg

photo_2025-04-09_15-46-13.jpg

 

photo_2025-04-09_15-46-14.jpg

photo_2025-04-09_15-46-15.jpg

photo_2025-04-09_15-46-17.jpg

7 Aprel 2025 224
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop