Talaba qizlar uchun shirinlik saboqlari – do‘stlik va ko‘nikma makoni

🎂Qo‘qon universitetida talaba qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ko‘nikmalarni o‘rgatish maqsadida navbatdagi ijodiy tadbir tashkil etildi.

📍 Jahon tillari kafedrasi o‘qituvchisi Malikaxon Komilova tashabbusi bilan talabalar turar joyida pishiriq darsi o‘tkazildi. Ushbu dars talaba qizlar uchun shirinliklar olamiga ochilgan eshik bo‘lib, ularga pazandalik bo‘yicha yangi retsept va sir-asrorlarni o‘rganish imkonini berdi.

👩‍🍳 Dars davomida qizlar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, o‘zaro tajriba almashdilar, jamoaviy ishlash va muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Eng muhimi, ular o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan shirinliklardan tatib ko‘rib, bir-birlarini iliq so‘zlar bilan tabrikladilar.

🎂 Tadbir yakunida tayyorlangan shirinliklar ustozlarga ham ulashildi va bu mehrli e’tibor barcha ishtirokchilarga xursandchilik baxsh etdi.

❤️ Bunday tashabbuslar talabalarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularda o‘ziga bo‘lgan ishonch va mustaqil hayotga tayyorgarlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

photo_2025-04-23_08-56-03.jpg

photo_2025-04-23_08-56-05.jpg

photo_2025-04-23_08-56-06.jpg

photo_2025-04-23_08-56-07.jpg

 

21 Aprel 2025 178
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop