Tanzila Norboyeva: yoshlar muammolari yechimiga oid vazifalar doimo diqqat-markazimizda

photo_2023-04-02_00-22-28.jpg

Bugun, 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qo‘qon universitetiga tashrif buyurdi.

photo_2023-04-02_00-22-35.jpg

Senat Raisi universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva tashrifi chog‘ida talabalar bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi.

photo_2023-04-02_00-22-50.jpg

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan davra suhbatida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.
Senat Raisi yoshlarga doir davlat siyosati samaradorligini ta’minlash, ularni tashvishga solayotgan muammolarni samarali hal qilish maqsadida endilikda yoshlar bilan mutlaqo yangicha ish olib borilayotganini e'tirof etdi. 

photo_2023-04-02_00-22-40.jpg

Davra suhbatida Senatning tegishli qo‘mitalari Yoshlar ittifoqi bilan birga mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir yosh bilan hamkorlik qilayotgani aytib o‘tildi. Qarorlar va eng muhimi yangi tahrirlangan Konstitutsiya xotin-qizlar hamda yoshlar muammolari yechimiga oid yangiliklar bilan boyitilgani, kelgusida ularni hayotga tatbiq etish yo‘lidagi keng ko‘lamli vazifalarni samarali amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtiroki zarurligi ta'kidlandi.

photo_2023-04-02_00-22-42.jpg

Muloqot chogʻida Senat Raisi talaba-yoshlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan normalar mazmun-mohiyati bilan keng tanishtirdi. Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari kuchaytirilayotganligi, Oʻzbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekanligi belgilab qoʻyilayotganligi, majburiy mehnat taqiqlanishining kafolatlari belgilanayotganligi, yangi normalarga muvofiq taʼlim olish huquqi va oʻqituvchilar Konstitutsiya himoyasiga olinayotganligini alohida e'tirof etdi.

photo_2023-04-02_00-22-46.jpg

Talabalarimiz tomonidan nufuzli mehmonga tashrif va samimiy muloqot uchun minnatdorchilik bildirildi hamda takliflar ilgari surildi. Xususan, hukumat va yoshlar o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga universitetlardan ham vakil saylash taklifi Senat Raisi tomonidan ma'qullandi.

- Hududlarda Qo‘qon universitetidek yangicha, zamonaviy universitetlar bo‘lishi Muhtaram Prezidentimizning, barchamizning orzu va maqsadimiz edi. Yaqin yillarda yurtimizda 67 tagina universitet mavjud bo‘lib, yoshlarning oliy ta'lim olish xohishi katta, lekin oliygohlarga qamrov kam edi. Endilikda joylarda shunday zamonaviy ta'lim berishga ixtisoslashgan, yoshlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarga ega universitetlarning bo‘lishi bu juda katta imkoniyatdir, - dedi Senat Raisi Tanzila Norboyeva. 

Davra suhbati yakunida barcha talaba-yoshlar mamlakatimizni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi, xalqimiz farovon hayotining kelajakdagi mustahkam huquqiy asosi hisoblangan yangilayotgan Konstitutsiya bo‘yicha referendumda faol ishtirok etishga chorlandi. Qo‘qon universiteti talabalari bir ovozdan "Konstitutsiya o‘zimizniki, biz befarq emasmiz!", deya referendumda qatnashishlarini bildirdilar.

photo_2023-04-02_00-22-52.jpg

1 Aprel 2023 1268
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop