Qo`qon Universiteti jamosi Britaniya Kengashining “Change Academy” dasturida faol ishtirok etmoqda.

Qo‘qon Universitetida ta'lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish, modernizatsiyalash va takomillashtirishga qaratilgan rivojlantirish dasturlari amalga oshirmiloqda. Universitet jamoasi Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Change Academy” dasturida faol ishtirok etmoqda. OO‘MTV tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu loyihada Britaniya Kengashi, Advance HE mutaxassislari va O‘zbekistonning o‘n ikkita oliy o‘quv yurtlari jamoasi hamkorlik qilyapti.

9-11-noyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn seminar-treningda iqtisodiyot, biznes, ta'limni boshqarish va rivojlantirish, o‘quv jarayonlarida talabalarning faolligini oshirish va bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash masalalariga e'tibor qaratildi. Global muammolarga jamoaviy tarzda SWOT hamda PESTLE tahlil usuli orqali yechim topildi.

Loyiha a'zolari “Talabalarning bandligini taminlash” mavzusidagi onlayn treningda o‘z taqdimotlari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

BRITANIYA1.jfif   BRITANIYA2.jfif

26 Dekabr 2021 641
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop