Direktor va guruh sardorlari uchrashuvi davom etadi

Qo‘qon universiteti Ta’lim fakulteti guruh yetakchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalarning tashabbuskorlik darajasini oshirish, ularning ma’naviy va intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoadagi yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

👥 Samimiy va erkin suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, dolzarb muammolar bo‘yicha fikr almashishdi. Universitet direktori G‘afurjon Zaxidov talabalarni fidoyilik, bilim va izlanishga undab, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

✨ Bunday uchrashuvlar yetakchi talabalar uchun nafaqat foydali tajriba va bilim maydoni, balki motivatsiya va ilhom manbai hamdir. Endi uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazilib, universitet hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilishga xizmat qiladi.

photo_2025-03-26_20-29-09.jpg

photo_2025-03-26_20-29-08.jpg

 

26 Mart 2025 517
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop