Direktor va talabalar uchrashuvi davom etadi
Qo‘qon universitetida yana bir ochiq va mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Universitet direktori G‘afurjon Zaxidov talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.
💡 Uchrashuv davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
🔹 Milliy qadriyatlar – ajdodlar merosini asrab-avaylash va milliy o‘zlikni anglash;
🔹 Globalizatsiya va ommaviy madaniyat – zamonaviy tendensiyalarning yosh avlodga ta’siri;
🔹 Ustoz-shogird an’analari – ilm yo‘lidagi yo‘lboshchilar va ularning ahamiyati;
🔹 Tashqi tahdidlarga qarshi ogohlik – ma’naviy bardavomlik va ongli qarashlar;
🔹 Ta’limda motivatsiya – bilim sari intilish va kelajak sari ishonch bilan harakat qilish.
✨ Uchrashuv talabalar uchun nafaqat tajriba almashish maydoni, balki rag‘bat va ilhom manbai bo‘ldi! 🚀